14:57 / 18.09.2021
9968

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi jarohatlandi

Poytaxt Kobulda ham ikkita portlash yuz bergani xabar qilinmoqda.

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi Jalolobod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi jarohatlandi, uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Shamshad News telekanali xabar berdi.

Viloyat axborot va madaniyat boshqarmasi esa hech kim jarohatlanmaganini bildirgan.

Bundan tashqari, poytaxt Kobulda ham ikkita portlash yuz bergani xabar qilinmoqda. Portlashlardan biri Dashti-Barchi, ikkinchisi Irfoni Harrgoti tumanida sodir etilgan.

Xabar qilinishicha, ikki kishi jarohatlangan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top