18:32 / 18.09.2021
2677

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. 26 yoshli yigit halok bo‘lgan

Bugun, 18 sentabr kuni Navoiy shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 64-uyning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 26 yoshli yigit vafot etgani aytilmoqda.

Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida soat 01:45da xabar kelib tushgan. Soat  01:49da voqea joyiga yetib borilib, yong‘in o‘rab olingan. Yong‘in oqibatida R.R.ga tegishli xonadonning 20 kvadrat metr qismida uy jihozlari yongan, 45 kvadrat metr qismi saqlab qolingan.

Shuningdek, 1995 yilda tug‘ilgan E.Z. yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan yong‘in ichidan olib chiqilgan va tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Tibbiyot xodimlari esa 40 foiz kuyish jarohatini olgan yigitning o‘lim holatini qayd qilishgan.  

Oldinroq Navoiyda ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top