13:37 / 18.09.2021
6043

«O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q» - MSK raisi o‘rinbosari

Bu katta resurs talab qiladi. Shuningdek, saylovchilarning ko‘pligi, hudud kattaligi jihatidan ham bu juda og‘ir, dedi Bahrom Qo‘chqorov.

17 sentabr kuni MSKning navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbiriga ko‘ra, unda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlanishi ma'lum qilingan. 

Tadbirda jurnalistlar tomonidan kelgusida o‘tadigan prezidentlik saylovlarini ayrim davlatlarda bo‘lgani kabi bir necha kun va hududlar kesimida o‘tkazish borasida savol berildi.

«Biz ham bu masalada Rossiya Federatsiyasi tajribasini ko‘rib chiqdik. Rossiya bu tartibga bir necha sabablar bilan o‘tgan. Shuningdek, pandemiya sharoitida saylovlarni bir necha kunda o‘tkazish masalasi dunyo davlatlarida ham ko‘tarildi. Lekin hozir bizda bunga ehtiyoj yo‘q.

Ikkinchidan, bu katta resurs talab qiladi. Shuningdek, saylovchilarning ko‘pligi va hududimizning kattaligi jihatidan ham bu juda og‘ir», – dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top