19:55 / 18.09.2021
2136

Samarqandda «Jiguli» yo‘l qurilishi ishchisini urib yubordi

Samarqand shahrida «Jiguli» mashinasi yo‘l qurilishi ishchisini urib yuborgan. Oqibatda ishchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 18 sentabr kuni soat 17:20larda M37A Samarqand-Buxoro Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi 42-kilometrida, Samarqand halqa yo‘lida haydovchi F.M. «Jiguli» mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

«Jiguli» mashinasi harakatlanib kelayotib shu ko‘chada ta'mirlash ishlarini olib borayotgan yo‘l-qurilish ishchisini urib yuborgan. Oqibatda, fuqaro I.G. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top