23:30 / 19.09.2021
5747

Shimoliy Koreya qurol urani ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi - OAV

Foto: RIA Novosti

Shimoliy Koreya yadro bombalari yaratishda qo‘llanuvchi uranni boyitish bo‘yicha zavodini kengaytirmoqda. Bu haqda sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar va mutaxassislar hisobotlariga tayanib AP axborot agentligi xabar berdi.  

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Pxenyan Yonbendagi yadro obektida qurol urani ishlab chiqarish hajmini 25 foizga oshirmoqchi. 1 sentyabrda sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratda zavod hududida daraxtlar chopib tashlangani va qurilish uchun maydoncha tayyorlangani aks etgan.

14 sentyabrda olingan suratda esa obekt poydevori qurib bo‘linganini ko‘rish mumkin. Ta'kidlanishicha, bo‘lg‘usi obektning maydoni 3 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu maydon uranni boyitish uchun minglab yangi sentrifugalarni joylashtirish uchun yetarli hisoblanadi.

Avvalroq Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Shimoliy Koreya Yonbendagi qurol plutoniysi ishlab chiqara oladigan atom reaktorini qayta ishga tushirganini ma'lum qilgan. Reaktor Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In va AQShning o‘shandagi prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi uchrashuvdan yarim yil o‘tib 2018 yil dekabrda to‘xtatib qo‘yilgandi.

Mavzuga oid
Top