10:54 / 20.09.2021
15325

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi

O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi qarorida aytilgan.

Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining respublika teleradiokanallarida bepul ajratiladigan efir hajmi va vaqti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mahalliy teleradiokanallarida bepul ajratiladigan efir hajmi va vaqti, “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Ovozi tojik”, “Nurly jol” gazetalarida bepul ajratiladigan nashr maydoni, mahalliy gazetalarda bepul ajratiladigan nashr maydoni tasdiqlandi.

Saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • birinchi – O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Narzullo Oblomurodov;
  • ikkinchi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Maqsuda Vorisova;
  • uchinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Shavkat Mirziyoyev;
  • to‘rtinchi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Alisher Qodirov;
  • beshinchi – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Bahrom Abduhalimov.

Ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqoti davrida bepul ajratiladigan efir vaqti va nashr maydoni doirasida nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davrida chiqishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, yangiliklar dasturlarida va boshqa axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi tadbirlarini yoritishda tenglik prinsipiga rioya qilishi, bepul ajratilgan efir vaqti va nashr maydoni doirasida efirga uzatilayotgan hamda chop etilayotgan saylovoldi tashviqoti materiallarini ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanini qayd etib borishi belgilandi.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top