18:08 / 20.09.2021
20498

Rossiya, Turkiya hatto Gruziyagacha mag‘iz eksport qilayotgan uchqo‘rg‘onlik onaxon

Uchqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida yashovchi Komila Toshboyeva mana 30 yildirki mag‘izchilik bilan shug‘ullanadi. Ikki qop yong‘oqdan boshlangan ish bugun mahalladagi 40-50 ta odamni bandligini ta'minlamoqda.

Namanganning o‘zidan, shu bilan birga respublikaning turli hududlaridan olib kelingan yong‘oqlar mag‘zini ajratish uchun aholiga bo‘lib beriladi.

Tayyor mag‘izlar ichki bozorga hamda Rossiya, Turkiya, Gruziya va boshqa ko‘plab mamlakatlarga eksport qilinadi. Komila opa hozirda gruziyalik hamkoriga mahsulot tayyorlamoqda. U bu yil mag‘iz Rossiyaga kamroq sotilgani, bunga sabab Xitoy tomonidan ko‘proq mag‘iz yetkazib berilayotgani ekanini ta'kidlaydi.

Qahramonimiz mehnat ortidan kam bo‘lmaganini ko‘p bor ta'kidladi. U o‘zini mehnatdan ayro tasavvur qila olmaydi.

Top