16:00 / 23.09.2021
20219
Reklama

Mobiuz O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan Flash SIMni ishga tushirdi

Foto: Mobiuz

Flash SIM oddiy SIM-karta va 32 GB hajmli Flash-kartani birlashtiradi.

Zamonaviy mobil qurilmalar turli xil hajmdagi ichki xotira modullari bilan jihozlangan. Xususan, bozorda 16 GB dan 512 GB gacha xotiraga ega qurilmalarni keng uchratish mumkin. Ammo bu hajm qanchalik katta bo‘lmasin, u doimo yetarli emasdek tuyuladi: foydalanuvchilar ko‘p suratga tushishadi, video olishadi, internetdan media fayllarni saqlashadi.

Mobiuz Flash SIM yordamida smartfon xotirasini yanada kengaytirishning oddiy yechimini taklif qilmoqda. Ko‘rinishidan oddiy SIM-karta qo‘ygan bo‘lasiz, lekin uning xotirasi 32 GBni tashkil qiladi. Mobil qurilmangizga tashqi xotira kartalari tushmasa va smartfoningiz xotirasi kamlik qilayotgan bo‘lsa, bu ajoyib yechim!

Taqqoslash uchun: oddiy SIM-kartada 512 KB dan ortiq ichki xotira yo‘q, bu faqat sozlamalar, kontaktlar va SMS-xabarlarni saqlash uchun yetarli. Katta fayllarni unda saqlab bo‘lmaydi.

Flash SIMda kengaytirilgan xotira oddiy microSD kabi ishlaydi. Unga barcha hujjatlar, rasmlar, ilovalarni o‘tkazib qo‘yish va hatto ularning zaxira nusxalarini saqlash mumkin. Undagi barcha ma'lumotlar shifrlangan, ya'ni ma'lumotlaringiz ishonchli saqlanadi. Yana bir qulaylik – mobil qurilmani o‘zgartirganingizda barcha fayllarni SIM-karta bilan birga yangi qurilmaga o‘rnatish mumkin.

Xizmat Mobiuz abonentlari – jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun amal qilmoqda. U sinov tariqasida operatorning Toshkent sh., A.Temur shohko‘chasi, 24-uy bo‘yicha markaziy ofisida taqdim etilmoqda.

Flash SIM haqida batafsil ma'lumot va narxlar bilan www.mobi.uz veb-saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Mobiuz’ning rasmiy Telegram-kanali @MyMobiuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top