10:06 / 24.09.2021
10778

4ta hududda davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan O‘zbekiston, Furqat, To‘rtko‘l va Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi.

DSQ xabariga ko‘ra, Ulug‘bek Fozilov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ulug‘bek Fozilov 1984 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandisligi institutini, 2012 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq organlaridagi faoliyatini 2007 yilda Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi Soliq tushumlarini hisobga olish shu'basi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

U.Fozilov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Qurbonali Abdurahmonov Farg‘ona viloyati Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qurbonali Abdurahmonov 1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2014 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. U soliq organlaridagi faoliyatini 2015 yilda Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq tekshiruvlari bo‘limi davlat soliq bosh inspektori-taftishchisi sifatida boshlagan.

Q.Abdurahmonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Nurmirat Abayev Ellikqal'a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurmirat Abayev 1980 yilda To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda To‘rtko‘l bank kollejini, 2009 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini, 2015 yilda Soliq akademiyasini, 2021 yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. U soliq organlaridagi faoliyatini 2002 yilda To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq tushumlarini hisobini yuritish shu'basi davlat soliq katta inspektori sifatida boshlagan.

N.Abayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Nurbek Razzoqov Samarqand viloyati Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurbek Razzoqov 1986 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009 yilda Samarqand arxitektura-qurilish institutini, 2016 yilda Soliq akademiyasini tamomlagan. U soliq organlaridagi faoliyatini 2010 yilda Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish, davlat boji va boshqa daromadlar shu'basi davlat soliq katta inspektori sifatida boshlagan.

N.Razzoqov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top