Uning qayd etishicha, rossiyaliklarning farovonlik darajasini oshirish zarur, chunki mamlakat aholisining sezilarli qismi kambag‘allikda yashamoqda.
Kambag‘allik, ta'lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmadagi muammolar Rossiyaning asosiy dushmanlari hisoblanadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Uning qayd etishicha, rossiyaliklarning farovonlik darajasini oshirish zarur, chunki mamlakat aholisining sezilarli qismi kambag‘allikda yashamoqda.
«Barcha maqsadlarimizga erishdik deb qichqirishga hali erta. Dushman hali yengilgani yo‘q», — dedi Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, aholi farovonligiga asosiy zarbani COVID-19 pandemiyasi bergan.