12:17 / 28.09.2021
23219

Muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda ta'lim bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada saylovchilar bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

“Agar meni saylasangiz, va'da berib aytaman, ta'lim bo‘yicha alohida milliy dastur qabul qilamiz. Boshqa ilojimiz yo‘q. Chunki ta'lim biz uchun nihoyatda muhim. Prezidentlikka kirishgan paytim mendan maktabning 10-11 sinflarini tiklab berishni so‘rashdi. Amalga oshirdik.

Ustozning nufuzini oshirish uchun hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. Hammangiz bilasiz, yoshligimizda o‘qituvchi ko‘chadan o‘tsa, biz 5 metr chetroqqa o‘tib salom berardik. Men muallimning maoshini 1 ming dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman.

Afsuski, so‘nggi paytlarda yoshlarning “tarbiyachisi” qo‘llaridagi telefon bo‘lib qoldi. Bu ham zamona zayli albatta, lekin yoshlarimiz tarbiyasi meni jiddiy o‘ylantiradi”, – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top