Bugun kunduz kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Asosiy hududlar bo‘yicha harorat foni 17-22 daraja iliqqacha, shimolda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy yo‘nalishdagi shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiqqacha pasayadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.