19:24 / 04.10.2021
6389

Britaniya va Norvegiya dunyodagi eng uzun elektr kabel orqali bog‘landi

Britaniyaning National Grid energetika kompaniyasi bayonotida aytilishicha, kabel to‘liq 1400 megavatt quvvat bilan ishlaganda 1,4 millionta uyni elektr energiya bilan ta'minlaydi. 

Foto: AFP

Buyuk Britaniya va Norvegiyani yashil elektr energiya almashish uchun bog‘laydigan uzunligi 725 kilometrli suvosti kabeli foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi Bi-Bi-Si.

Shimoliy dengiz tubi bo‘ylab tortilgan kabel Angliya shimolidagi Blit va Norvegiyaning Kvilldal qishloqlarini bir-biriga bog‘ladi.

Britaniyaning National Grid energetika kompaniyasi bayonotida aytilishicha, kabel to‘liq 1400 megavatt quvvat bilan ishlaganda 1,4 millionta uyni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. 

National Grid Ventures kompaniyasi prezidenti Kordi O'Haraning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “muhandislik san'atining durdonasi” bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Norvegiyaning Statnett energetika kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihaning qiymati 1,6 mlrd yevroni tashkil etadi. 

Britaniya Belgiya, Fransiya va Niderlandiya bilan ham suvosti kabellari orqali bog‘langan. 

Top