00:45 / 04.10.2021
12210

Futzal. Portugaliya finalda Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi

Litvada o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionati Portugaliya milliy jamoasining chempionligi bilan tugadi.

Portugaliya finalda Argentina ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, futzalda jahonning tengsiz jamoasiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Varela dublga erishgan bo‘lsa, argentinaliklardan Klaudino bitta gol bilan javob qaytardi. 

Futzal. JCh-2021. Final. 

Argentina — Portugaliya 1:2
Gollar:
0:1 — 15 Varela, 0:2 — 28 Varela, 1:2 — 28 Klaudino.

Avvalroq, 3-o‘rin uchun bahsda Braziliya Qozog‘istondan ustun (4:2) kelgan edi.

Mavzuga oid
Top