08:02 / 05.10.2021
3659

O‘zbekiston va Eron Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish masalasini muhokama qilmoqda

2021 yil 4 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eron Islom Respublikasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muloqotda tomonlar ikki mamlakatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Eron elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishda faol ishtirokini alohida ta'kidladi.

Shuningdek, tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Top