22:36 / 05.10.2021
20362

“Qamchiq” dovonida qor yog‘moqda

“Qamchiq” dovonida qor yog‘a boshladi. YHXBB haydovchilarni dovondan harakatlanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

YHXBB videosidan kadr

5 oktyabr kechqurun “Qamchiq” dovonida qor yog‘a boshladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi videoxabar berdi.

Boshqarma haydovchilardan dovonda yo‘l namligi bois keskin tormoz bermaslikni so‘radi. Keskin tormozlanish sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, oqibatda ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mumkin.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo‘lidan harakatlanib o‘tuvchilardan esa o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz”, – deyiladi YHXBB axborotida.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili “Qamchiq” dovonida ilk qor 18 sentyabrda yog‘gandi.

Avvalroq sinoptiklar O‘zbekistonda oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma'lumot bergan edi.

Mavzuga oid
Top