01:08 / 06.10.2021
68279

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori qidiruvga berildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan. Bu haqda ichki ishlar vazirligi rasmiy saytidagi «Diqqat qidiruv» bo‘limida ma'lumot paydo bo‘lgan.

Foto: IIV

Sobiq prorektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Buxoro viloyat IIB axborot xizmati vakili Shuhrat Jalolov bilan bog‘landi. Uning ma'lum qilishicha, Nodir Idiyev «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan vaqtida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

Gazeta.uz'ning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tayanib yozishicha, Nodir Idiyev «Narxoz»dan 2021 yil iyul oyida mehnat ta'tiliga chiqib, qaytib bormagan va avgust oyida unga qidiruv e'lon qilingan. Qo‘shimcha qilinishicha, Nodir Idiyev bilan bog‘liq jinoyat ishiga universitetning aloqasi yo‘q.

Top