14:52 / 06.10.2021
22488

Xitoy Tayvanga qachon hujum qilishi mumkinligi aytildi

Tayvan mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hozir ham hujum boshlashi mumkin, ammo bir necha yildan keyin bu arzonroqqa tushadi, harbiy kuchlar esa to‘liq tayyor bo‘ladi. 

Foto: Reuters

Xitoy xalq ozodlik armiyasi 2025 yilda Tayvan oroliga bostirib kirishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Tayvan mudofaa vaziri Tsyu Gochjen aytdi, deb xabar berdi The Guardian.

U Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi hozirgi munosabatlarni so‘nggi 40 yil ichidagi eng murakkabi deb atadi.

Gochjenning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hozir ham hujum boshlashi mumkin, ammo bir necha yildan keyin bu arzonroqqa tushadi, harbiy kuchlar esa to‘liq tayyor bo‘ladi. 

Xitoy Tayvanni 1949 yildan buyon nazorat qilmaydi, ammo shu bilan birga, orolni o‘z hududi deb hisoblaydi.

4 oktyabr kuni Xitoy Tayvan oroli tomon 52ta jangovar samolyot jo‘natgani xabar qilingandi.

Shuningdek, 1 oktyabr kuni 38, 2 oktyabrda 39 va 3 oktyabr kuni 16 samolyot Tayvanni bezovta qilgandi.

Top