23:59 / 08.10.2021
8406

Amerikaliklar internet o‘chirilishi holatiga qo‘lbola tarmoq yaratishmoqda

AQShdagi Mycelium Mesh Project notijorat tashkiloti ishtirokchilari internet o‘chirilishi holatiga yaratilgan qo‘lbola simsiz tarmoqni sinovdan o‘tkazishmoqda.

Foto: The Mycelium Mesh Project

Vice portalining xabar berishicha, yangi tizimning o‘ziga xosligi shundaki, uni qo‘l ostidagi materiallardan yig‘ish mumkin. Tayyor qurilmalarni esa mahalliy do‘konlarda sotib olish yoki internet orqali buyurtirish mumkin.

Qo‘lbola qurilmalar tarmoqqa ulanishi bilan ma'lumotlar uzatishni boshlaydi. Ular 42 kmgacha masofada matnli aloqani ta'minlaydi.

Ta'kidlanishicha, tizim o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgani sababli turli uzilishlarga barqaror. Tarmoqning barcha ishtirokchilari teng huquqli va bir-biri bilan juftlik bo‘lib bog‘langan. Buning evaziga tarmoq unda bor-yo‘g‘i ikki foydalanuvchi qolgunga qadar ishlaydi.

Tashkilotda ta'kidlanishicha, uzatgichlarni internet yoki elektr ta'minoti uzilishi holatiga istalgan joyda tez o‘rnatish uchun qulay qilishga urinishmoqda.

Mavzuga oid
Top