20:15 / 08.10.2021
6239

FVV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni yaxvonlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qamchiq dovonida 9-10 oktabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor) bo‘lishi kutilayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Vazirlikning qayd etishicha, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan vazirlik dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda haydovchilarni barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6 oktabr kuni ham kuzatiladigan ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top