15:12 / 08.10.2021
14053

Laporta: «Biz Messi «Barselona» uchun tekinga ham o‘ynashga tayyor, deb o‘ylagandik»

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Messining jamoadan ketish voqealarini ispan OAVga bergan intervyusida eslab o‘tdi. 

Foto: Getty Images

«Messining ketishidan jahlim chiqmadi. Chunki, uni to‘g‘ri tushunaman va hurmat qilaman. Bilaman, u jamoada qolishni juda xohladi va «PSJ»dan olgan taklifi tufayli katta bosim ostida edi. 

U bilan ko‘rishganimda Parij klubidan allaqachon taklif olib ulgurganini tushungan edim. Hamma uning qanchalik katta taklif olganini bilar edi. 

Men shartnoma imzolashdan bosh tortmaganman. Doim «Barsa» uchun foydali qaror qabul qilishga harakat qilaman. Hech kimning klub bilan tavakkal qilishga haqi yo‘q. 

Ochig‘ini aytishim kerakki, eng so‘nggi soniyagacha Messining klub uchun tekinga o‘ynashga roziligini aytishini kutdim. Men buni juda xohlayotgandim. Shunda liga bu shartnomani qabul qila olardi. Lekin biz o‘z tarafimizdan Leo darajasidagi futbolchidan buni so‘ray olmasdik», - deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda «RAC 1» kanali. 

Eslatib o‘tamiz, Leo Messi yozgi transferlar oynasi vaqtida kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolay olmagan va «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Top