08:00 / 09.10.2021
10916

Poytaxtda avtobus svetofor va yo‘l chetidagi uyga borib urildi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat taxminan 07:00larda Yashnobod tumani, Uysozlar 1-tor ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvidagi «Mersedes Bens» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusida harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, chorrahadagi svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilib to‘xtagan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top