21:19 / 10.10.2021
9303

Afg‘onistondagi yagona sport telekanali o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Afg‘onistondagi yagona sport telekanali 3 sport moliyaviy muammolar va toliblar tomonidan kiritilgan cheklovlar sababli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

Foto: TOLO News

Telekanal rahbariyati a'zosi Shafiqulla Salim Poyning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda telekanal muxbirlari tadbirlarni yoritishda cheklovlarga uchragan.

TOLO News ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan 2 oydan kamroq vaqt ichida 150 dan ko‘proq afg‘on ommaviy axborot vositasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

 

 

Top