16:55 / 10.10.2021
15762
Reklama

«AGROMIR» sharbatlari: ulkan bog‘dan xalq dasturxonigacha bosilayotgan sharafli yo‘l

«Bliss» hamda «Meva» sharbatlar va nektarlar brendi sohibi «AGROMIR» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi qator yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot iste'molchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularni Samarqandga sayohatga taklif etib kelmoqda.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovning 20 ga yaqin g‘oliblari qadimiy va hamisha navqiron shahar Samarqandga kelishdi.

Yaxshi an'anaga aylangan Samarqandga taklifdan bosh maqsad — mahsulot ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi, sevimli tabiiy ichimliklarining tayyorlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning brendga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, albatta.

Mehmonlar avval Jomboy tumanida joylashgan bog‘ va dalalarda «AGROMIR» MChJ QK uchun sarxil mevalar qanday yetishtirilayotgani bilan tanishishdi.

Ularning 1000 gektardan ziyod qismida olma, gilos,behi, shaftoli, o‘rik kabi mevalarning jahonda tan olingan, xorijdan keltirilgan hosildor turlari intensiv usulda, tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan yetishtirilmoqda.

Direktor o‘rinbosari Xurshed Olimovning hikoya qilib berishicha, mevalar may oyidan boshlab noyabr oxirlarigacha teriladi. Mevalar qo‘lda teriladi.

Mehmonlar va iste'molchilar Gulobod qo‘rg‘onidagi «AGROMIR» MChJ QKning qadoqlash liniyasida ham bo‘lishdi. Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda, sexlarga kirish oldidan ularning ust-boshlariga himoyalovchi libos, tibbiyot niqobi berildi.

Ular o‘zlari sevib iste'mol qiladigan «Bliss», «MEVA» brendlari ostidagi sharbatlar qanday qadoqlanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Qayd etish joizki, kichkintoylar uchun ham kichik idishlarda «Bliss Smile» va «Bliss Trolls» sharbatlari qadoqlanadi.

Shinni tayyorlash sexi, konservalash sexi, sharbat qo‘yish sexida bo‘lib, mahsulotlar steril sharoitda, barcha sanitariya normalariga rioya qilingan holda tayyorlanishiga shohid bo‘lishdi.

Shveytsariyaning Tetra Pak firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy quyish va qadoqlash liniyalarida barcha xavfsizlik me'yorlariga amal qilinadi. Mahsulotni qadoqlashda ishlatiladigan qog‘ozlar 6 qavatli bo‘lib, u ham Tetra Pak firmasiniki. Bunday qadoqlangan mahsulotlar bir yil davomida iste'mol uchun yaroqli bo‘ladi.

Qayd etish joyizki, liniyada barcha sharbatlar mutlaqo aseptik sharoitda, kislorod kirishining oldi olingan holda idishlarga quyiladi.

Korxona «Marinelle» brendi ostida mahsulotlar konservalanadigan sexda ham bo‘lishdi. Bu yerda marinadlangan pomidor va bodringlar, assorti va tomat pastasi uy retseptlari asosida, biroq sanoat miqyosida ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning katta qismi O‘zbekiston saxovati slogani ostida MDH davlatlariga eksport qilinadi.

Mehmonlar korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni degustatsiya qilishdi. Mehmonlarga kompaniya tomonidan tushlik uyushtirildi, xayrlashuv chog‘ida esa ularning barchasiga kompaniya tomonidan sovg‘alar berildi.

Biz korxonaga taklif etilgan mehmonlardan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishni so‘radik.

Akbarali Mamatov

«Men «Halol» sertifikati komissiyasi a'zosiman. Yurtimizdagi juda ko‘p oziq-ovqat yetishtiruvchi korxonalarda bo‘lib ish jarayoni bilan shaxsan tanishganman. «AGROMIR» MChJga ham taklif qilishdi. Hammasi o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, shohid bo‘ldimki, ishlar boshidan oxirigacha pok-pokiza yo‘lga qo‘yilgan. Uni hech qanday hadiksiz, bemalol iste'mol qilish mumkin», — deydi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman bosh imom-xatibi Akbarali Mamatov.

Tabassum Abdurahmonova

«Men umrimda birinchi bor Samarqand shahriga kelyapman. Bunday sayohatni tashkil qilgani uchun «AGROMIR»ga rahmat. Juda katta taasurot qoldirdi. Kompaniya ham, shahar ham. Pandemiya boshlanganidan buyon uydan hech qayoqqa chiqa olmay qolgan edim. Zerikib ketgandim, qolaversa biror joyga chiqishdan ham cho‘chir edim. Endi vaksina bilan emlanib, sayohat qilishga imkon paydo bo‘lgan chog‘da omadim kelib tanlovda yutdim. Azaldan, oilamiz bilan «Bliss» brendi ostidagi mahsulotlarni sevib iste'mol qilamiz.

Men atrofdagi qishloqlardan oz-ozdan meva to‘plab, sharbat qilinsa kerak deb o‘ylar edim. Umuman tasavvurimga to‘g‘ri kelmas ekan. Menga tozalik, tartib, ya'ni boshdan oxirigacha hamma narsaning ustida o‘zlari nazorat qilib turishlari juda ma'qul bo‘ldi.

Darvoqe, kompaniya ishlab chiqarayotgan, hali sotuvga chiqarilmagan yangi mahsulotlarni ham birinchilardan bo‘lib tatib ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldik. Menga «Mango-aloe» sharbati juda yoqdi», — deydi shifokor Tabassum Abdurahmonova.

Zilola Rahimova

«Men bu kompaniya tanlovida ikkinchi marta g‘olib bo‘layapman. Juda minnatdorman. 5 yilcha avval Facebook’da o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, boshqalar bilan Samarqandga kelgan edim.

Ochig‘i, meni hayron qoldirisholmasa kerak, nimadir o‘zgarish bo‘lgan taqdirda ham bu qadar katta o‘zgarishni ochig‘i kutmagandim. Korxonaning 5 yil oldingisi bilan hozirgisi o‘rtasida juda katta farq ko‘rdim. Ayniqsa, yaratilgan bog‘ menda katta taassurot qoldirdi. 5 yil avval korxonadagilar aholidan meva-sabzavot sotib olishlarini, o‘rtada uzilishlar bo‘lib qolishlarini aytishgan. Hozir bunga ehtiyoj yo‘q, mahsulot uzluksiz yetkaziladi. Yana ularni saqlash uchun katta muzlatgich ham barpo etilibdi», — deydi Toshkent shahrida yashovchi Zilola Rahimova.

Sayt: www.agromir.uz

Shuhrat Shokirjonov, Kun.uz muxbiri.
Fotolar muallifi: Jahongir Aliboyev.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top