10:25 / 12.10.2021
5036

O‘zbekistondagi qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon internetdan foydalanmagan - YUNISEF

YUNISEF tadqiqotida aniqlanishicha, O‘zbekistonda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foizni tashkil qiladi.

YUNISEF 11 oktabr - Xalqaro qizlar kunida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foizni, o‘g‘il bolalar orasida esa 30 foizni tashkil qiladi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon internetdan foydalanmagan.

«Bu ularning ta'lim olish va mehnat bozoridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Qizlarning iste'dodlari ochilishi uchun ularga raqamli dunyo borasida savodxonlik va bu makonda zo‘ravonlik xavfidan xoli bo‘lgan xavfsizlik zarur», deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, bu yil qizlarga raqamli texnologiyalardagi yaratuvchilar sifatida e'tibor qaratiladi – «Raqamli avlod. Bizning avlod». Qizlar raqamli dunyoda o‘zlarini ifoda etishlari va salohiyatlarini amalga oshirishlari uchun kerak bo‘lgan yechimlarni bilishadi.

Top