15:46 / 12.10.2021
5192

«Vaqf ko‘magi» – Sirdaryoda: Xotin-qizlarga ro‘zg‘or buyumlari, bolalarga «Xatna to‘yi»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi «Vaqf ko‘magi» loyihasini amalga oshirishda davom etmoqda.

Foto: «Vaqf» fondi

10 oktabr kuni mazkur xayriya loyihasining navbatdagi bosqichi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘tkazildi.

«Tadbir yig‘ilganlar uchun qo‘shaloq to‘yga aylandi. Muhtojlarga xayriyalar bilan bir qatorda 20ta nochor oila farzandlarining «Xatna to‘yi» ham o‘tkazib berildi.

Marosim davomida 20ta oilaga tikuv mashinasi va bir oilaga katta qandolat pechi hamda to‘y bolalarning har biriga velosiped, kiyim-kechaklar shuningdek, un, yog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya sifatida berildi.

Umid qilamizki, berilgan anjomlar orqali opa-singillarimiz o‘z kasblarini davom ettiradi va tez orada daromad qilib, ro‘zg‘orini butlaydi. 

Ushbu xayriyaga hissa qo‘shgan barcha hamyurtlarimizni Alloh taolo ikki dunyoda aziz qilsin!» deyiladi «Vaqf» fondi matbuot xizmati xabarida.

Yaqin kunlarda ushbu loyihaning keyingi bosqichi boshqa bir viloyatda ham o‘tkazilishi ma'lum qilingan.

Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Foto: «Vaqf» fondi
Top