20:05 / 13.10.2021
4636

2020 yilda butun dunyoda hakerlarga 400 million dollar to‘lab berilgan

2020 yilda butun dunyoda virus dasturlari yordamida kiberhujumlar sodir etuvchi hakerlarga 400 mln dollarga yaqin pul to‘lab berilgan. Bunday raqamlarni AQSh ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

“Tovlamachilarning dasturiy ta'minotidan ko‘rilgan global iqtisodiy yo‘qotishlar ancha katta. Hakerlarga tovlamachi-viruslar yordamida sodir etilgan hujumlardan keyin to‘lab berilgan pullar 2020 yilda 400 mln dollardan ko‘proqqa yetdi”, deb aytilgan Oq uy bayonotida.

AQSh ma'muriyatida ta'kidlanishicha, 2021 yilning 1-choragida bunday to‘lovlar hajmi 81 mln dollarni tashkil qilgan.

Vashington ma'lumotlariga ko‘ra, kiberhujumlar har qanday kattalikdagi tashkilotlarga qarshi ular qayerda joylashganidan qat'i nazar sodir etiladi.

Oxirgi oylarda AQSh pul undirish maqsadida amalga oshirilgan bir qator yirik kiberhujumlarga to‘qnash keldi. AQSh rahbariyatining fikricha, bunday hujumlardan bir nechtasi rossiyalik hakerlar tomonidan sodir etilgan. Biroq Rossiya bu ayblovlarni rad etmoqda.

AQShda 13-14 oktyabr kunlari tovlamachi-viruslar yordamida amalga oshiriluvchi kiberhujumlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan virtual uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 30 ga yaqin davlat vakillari unda ishtirok etishga taklif etilgan.

Top