21:05 / 13.10.2021
11656

Dunyoning eng yaxshi ayol yuguruvchilaridan biri o‘z uyida o‘ldirilgan holda topildi

Foto: Getty Images

Keniyada uzoq masofalarga yuguruvchi sportchi Agnes Tirop jonsiz holda topildi. The Standard nashrining xabar berishicha, 25 yoshli sportchi o‘z uyida pichoqlangan holda topilgan.

Keniya yengil atletika federatsiyasi sportchining o‘limini tasdiqlagan. “Keniya xalqaro maydonda porlayotgan yulduzlaridan biri, o‘z duridan mahrum bo‘ldi”, deb aytilgan federatsiya bayonotida.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sportchini o‘z turmush o‘rtog‘i pichoqlagan. Voqeaning qolgan tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Agnes Tirop Tokioda o‘tgan Olimpiadada 5 ming metrga yugurishda 4-o‘rinni egallagan. U, shuningdek, 2017 va 2019 yillardagi jahon chempionatlarida 10 ming metrga yugurish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid
Top