10:27 / 13.10.2021
1264

Toshkent viloyatida fuqaroni Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent viloyatida 5000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali Yuridik universitetga kiritib qo‘yishni aytib oldindan 1100 dollarini olgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro O‘.M. fuqaro F.ning qizini tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, oldindan 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top