21:31 / 14.10.2021
5016

Xitoy fazoga quyosh ortidan kuzatuvchi ilk sun'iy yo‘ldoshini jo‘natdi

Foto: China Aerospace Science and Technology

Xitoy joriy yilda 37-fazoviy parvozni amalga oshirib, orbitaga quyosh ortidan kuzatuvchi ilk observatoriyasini va yana 10ta boshqa sun'iy yo‘ldoshni jo‘natdi.

Qurilmalar orbitaga “Chanchjen-2D” raketasi yordamida olib chiqilgan. Raketa Toshkent vaqti bilan soat 15:31da Tayyuan kosmodromidan uchirilgan.

Raketa fazoga olib chiqqan asosiy foydali yuk Quyosh ortidan kuzatuvchi observatoriya Chinese H-alpha Solar Explorer (CHASE) bo‘ldi. Qurilma 517 km balandlikdagi quyosh-sinxron orbitasida harakatlanadi. Bundan tashqari, fazoga chiqarilgan qurilmalar orasida atmosfera zichligini aniqlovchi sun'iy yo‘ldosh va meteorologik kuzatuvlar uchun mo‘ljallangan tajribaviy qurilma ham bor.

Xitoylik tadqiqotchilar CHASE yordamida Quyoshning H-alfa diapazondagi tasvirini olishlari mumkin bo‘ladi. Bu turdagi tasvirlar ionlashgan vodorodni o‘rganish uchun qulay hisoblanadi. Observatoriya ushbu tasvirlar yordamida quyosh faolligini o‘rganadi va fazodagi ob-havoni, jumladan quyoshdagi chaqnoqlarni aniqroq prognozlash uchun ma'lumotlar taqdim qiladi.

Qurilmaning xizmat muddati 3 yilni tashkil qilib, u yordamida quyosh faolligi maksimumga yetadigan 2025 yilgacha kuzatuv olib borish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top