21:52 / 15.10.2021
29364

Livanlik namoyishchining ayanchli qismati, yaxshi hayot uchun xavfli safarga chiqqanlar va o‘qish orzusidagi afg‘on qizaloq. Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Foto: REUTERS/Aziz Taher

14 oktabr kuni Livan poytaxti Bayrutda o‘tgan yil avgustida portda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha tergov jarayonidan norozi bo‘lgan «Hizbulloh» va «Amal» guruhlari tarafdorlari namoyishlarga chiqishdi.

Namoyishchilarning ayrimlari avtomatlar va granatamyotlar bilan qurollangandi. Minglab odamlar adliya binosi atrofida to‘planganida ular noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi va natijada kamida 6 kishi halok bo‘lib, 30dan ortiq kishi yaralandi. Shialar bu hujumda xristianlarning «Livan kuchlari» harakatini ayblashdi.

Namoyishchilar portdagi portlash ishi bo‘yicha avvalgi hukumat a'zolariga ayblov qo‘ygan sudya Tariq Bitarni chetlatishni talab qilgan - u ayblagan sobiq vazirlar shialarning odamlari edi.

Internetda Bayrutdagi namoyishlar vaqtida granatomyotdan otishga tayyorlanayotgan namoyishchi surati tarqalgandi. Ma'lum bo‘lishicha, u darhol merganlar tomonidan otib tashlangan. REUTERS/Aziz Taher
Granatomyotchini qutqarish jarayoni / REUTERS/Aziz Taher
Suratlarda ushbu namoyishchining boshiga o‘q tekkanini ko‘rish mumkin / REUTERS/Aziz Taher
Bayrutdagi otishma chog‘ida qizini ko‘tarib qochayotgan ota.   REUTERS/Mohamed Azakir
Otishma joyiga yetib kelgan armiya askarlaridan biri odamlardan xavfsiz joyga ketishni so‘ramoqda. REUTERS/Mohamed Azakir
Afrikalik migrantlar ispan sohil qo‘riqchilari kemasi tomonidan buksirga olingan qayiqda qirg‘oqqa tushirishlariga umid qilib ketishmoqda. / REUTERS/Borja Suarez
Iroqlik muhojir ayol Belarus va Polsha chegarasida to‘xtatilgach, bolalari bilan yerda o‘tiribdi. Polsha Belarus orqali kelgan migrantlarni tutib ortga qaytarmoqda. REUTERS/Kacper Pempel
9 yoshli Samira Kobuldagi bolalar uyida fotograf qarshisida. Samira jurnalistlarga bergan intervyusida shifokor bo‘lishni va vataniga xizmat qilib, bemorlarni qutqarishni istashi haqida gapirgan. Hali kichik bo‘lgani uchun u maktabga borishi mumkin, u katta bo‘lganida xorijda o‘qishni ham maqsad qilgan. REUTERS/Jorge Silva
Norvegiyaning Kyonisberg shahrida olti kishi o‘ldirilgan terakt vaqtida devorga sanchilgan kamon o‘qi. Terje Bendiksby/NTB
Tayvandagi yonib ketgan mehmonxona yonidan o‘tayotgan mototsiklchi. 14 oktabr kuni ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 46 nafarga yetgan. REUTERS/I-Hwa Cheng
Elektr stansiyasi yaqinidagi suvlarda ov qilayotgan xitoylik baliqchilar, Tianjin. REUTERS/Thomas Peter
Sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratda Kanar orollari tizimidagi Palma orolida otilgan vulqondan lava oqib chiqishi vaqtida yuqoriga tutun ko‘tarilishi aks etgan. Maxar Technologies/via REUTERS
Ispaniyaning Palma orolidagi Kumbre-Vexa vulqoni otilishi
Foto: Marcos del Mazo/Getty Images
Germaniyadagi Boltiq dengizi sohili yuqoridan ko‘rinishi
Foto: AR/TASS
London janubidagi Richmond-Park hududida tasvirga olingan bug‘u
Foto: John Walton/PA Images via Getty Images
Wildlife Photographer of the Year 2021ning «Xulq-atvor: sut emizuvchilar» toifasida g‘olib bo‘lgan surat. Shpitsbergen bug‘ularining kurashi.
Foto: Stefano Unterthiner/2021 Wildlife Photographer of the Year

 

«Sovish vaqti» — urg‘ochi oq ayiqlar jazirama kunda muzdek suvda cho‘milmoqda
Foto: Martin Gregus/2021 Wildlife Photographer of the Year
Top