08:29 / 16.10.2021
31442

Doimiy aholisi soni eng ko‘p va eng kam bo‘lgan hududlar ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi doimiy aholisi soni eng ko‘p va eng kam bo‘lgan hududlarni ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar quyidagicha:

  • Namangan shahri – 657 ming kishi;
  • Samarqand shahri – 559,4 ming kishi;
  • Urgut tumani – 528,9 ming kishi;
  • Andijon shahri – 456,4 ming kishi;
  • Chiroqchi tumani – 428,8 ming kishi;
  • Denov tumani – 397,3 ming kishi;
  • Olmazor tumani – 383,1 ming kishi;
  • Past Darg‘om tumani – 365,3 ming kishi;
  • Yunusobod tumani – 356,9 ming kishi;
  • Shayxontohur tumani – 352,8 ming kishi.

Shuningdek, Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 oktabr holatiga doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar quyidagicha:

  • G‘ozg‘on shahri – 8,9 ming kishi;
  • Tomdi tumani – 15,3 ming kishi;
  • Qorovulbozor tumani – 18,9 ming kishi;
  • Bo‘zatov tumani – 21,8 ming kishi;
  • Shirin shahri – 19 ming kishi;
  • Yangiobod tumani – 28,9 ming kishi;
  • Mo‘ynoq tumani – 32,8 ming kishi;
  • Konimex tumani – 36,6 ming kishi;
  • Uchquduq tumani – 38,1 ming kishi;
  • Ohangaron shahri – 39,9 ming kishi.

Avvalroq, O‘zbekistonda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgani ma'lum bo‘lgandi.

1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda. Bunda ayollar soni 17 432 730 nafarga teng bo‘lsa, erkaklar soni 17 646 460 nafarni tashkil qilgan. Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p.

Top