11:08 / 18.10.2021
16412

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma'lum qilindi

O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu ikki davlatning har biridan 3,6 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

Qozog‘iston – 1,9 mlrd;
Koreya – 1,3 mlrd;
Turkiya – 1,2 mlrd;
Germaniya – 516 mln;
Turkmaniston – 355 mln;
Hindiston – 338 mln;
Ukraina – 309 mln;
Litva – 300 mln AQSh dollari.

Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 10,3 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha: 

Xitoy – 1,8 mlrd;
Rossiya – 1,5 mlrd;
Turkiya – 1,3 mlrd;
Qozog‘iston – 840 mln;
Qirg‘iziston – 562 mln;
Afg‘oniston – 487 mln;
Tojikiston – 337 mln;
Kanada – 161 mln;
Ukraina – 142 mln;
Turkmaniston – 137 mln AQSh dollari.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Top