08:23 / 19.10.2021
7422

Toshkentda harakatlanib ketayotgan «Matiz» yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida "Matiz" avtomobili yonib ketgani bo‘yicha ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB hodisa yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 18 oktabr kuni soat 18:30larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan M.S. "Matiz" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

Haydovchi to‘xtagan va o‘zi zudlik bilan avtomobildan tushgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top