20:09 / 20.10.2021
1523

Samarqandda joriy yilda ekologiya sohasida sodir etgan qoidabuzarliklar uchun 3741 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga chora ko‘rilgan

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Samarqand viloyatida joriy yil 9 oyda ekologiya sohasida sodir etgan qoidabuzarliklar uchun 3741 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga chora ko‘rilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, bugun 2021 yil 20 oktabr kuni Samarqand shahridagi Matbuot uyida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazilgan.

Unda boshqarma boshlig‘i A.Raimjanov hamda mas'ul xodimlar ekologiya sohasidagi yangiliklar, jumladan, atrof-muhitni asrab avaylash, viloyatda ekologik vaziyatni yaxshilash borasida o‘tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kutilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan ma'lumot berib o‘tgan.

Matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 oy davomida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 3741 ta profilak tezkor tadbirlar va reydlar o‘tkazilgan. Natijada aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 3741 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga jami 2 milliard 141 million so‘m jarima solingan. Hozirda jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 227 ta holatda 588 million 551 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar aniqlangan.

Top