23:18 / 21.10.2021
16022

Afg‘oniston poytaxti va bir nechta viloyatlari elektrsiz qoldi

Afg‘oniston davlat energetika korporatsiyasining bayonotiga ko‘ra, portlash oqibatida elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan.

Foto: TASS

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri va qator viloyatlar elektr stansiyasida sodir bo‘lgan portlash sababli elektrsiz qoldi.

Portlash poytaxt shimoli-g‘arbidagi elektr stansiyasida yuz bergan.

Afg‘oniston davlat energetika korporatsiyasining (DABS) bayonotiga ko‘ra, portlash oqibatida elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan.

Avvalroq Livanda yonilg‘i yetishmovchiligi tufayli ikkita yirik elektr stansiyasi faoliyati to‘xtab qolishi natijasida butun mamlakat zulmat ichida qolgani xabar qilingandi.

Top