13:27 / 23.10.2021
3200

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi avtobusi yonib ketdi

Ichida ishchilari bo‘lgan zavod avtobusining motor va salon qisimda yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda FVB Axborot xizmati Kun.uzga xabar bermoqda.

Foto: FVB

Qayd etilishicha, hodisa 22 oktyabr kuni soat 23:08da Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasi 240-uyda joylashgan «FNQIZ» MChJning 1-kirish yo‘lagi yaqinidagi katta yo‘lda zavodga tegishli bo‘lgan «Isuzi» rusumli davlat raqami 40 432 OAA bo‘lgan avtobusning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.  

Foto: FVB

Yong‘in-qutqaruvchilar hodisa joyiga borib olovni o‘chirgan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va kuyganlar mavjud emas.

Ma'lum bo‘lishicha, avtobusda zavod ishchilari bo‘lgan.

Foto: FVB
Top