07:29 / 27.10.2021
7777

Toshkentda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlari o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yilning 25 oktyabr kuni soat taxminan 01:15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli fuqaro o‘z joniga qasd qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan professional ravishda amalga oshirgan sa'y-harakatlari tufayli X.I.ning hayoti saqlab qolingan. Ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Hayotda qanday vaziyat ro‘y berishidan qat'iy nazar, har qanday holatda ham muammoning yechimi borligini unutmang. O‘z joniga qasd qilish – muammoning yechimi emas”, deyiladi ma'lumotda.

Top