22:52 / 27.10.2021
9106

Xitoyda portlarni vayron qila oluvchi suvosti quroli sinovdan o‘tkazildi

Xitoyda raqibning suv ustidagi obektlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan suvosti quroli sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Jason Lee/Reuters

Daily Mail nashrining xabar berishicha, sinovlar vaqtida belgilangan shartli obekt kuchli portlash to‘lqini yordamida yo‘q qilingan.

Ta'kidlanishicha, ushbu texnologiya qurolli ixtilof vaqtida dushman kuchlarini ta'minotdan uzish uchun mo‘ljallangan. Xitoydagi manbalar suvosti zaryadlari yordamida yashirincha hujum amalga oshirish imkoni yirik kemalar, jumladan AQSh aviatashuvchi kemalarini zaiflashtirishini aytishgan.

“Portlar vayron bo‘lganda, raqibning moddiy-texnika ta'minoti izdan chiqadi. Uning harbiy kuchlari tarqoqlashadi va natijada to‘qnashuv vaqtida hech qanday imkoni qolmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Xitoy harbiy rahbariyatidagi manba. 

Top