17:50 / 29.10.2021
1353

Surxondaryoda MIB aliment undirish bo‘yicha qariyb 22 mingta ijro harakatlari olib borayotganini ma'lum qildi

Surxondaryoda MIB viloyat boshqarmasi va uning quyi tizimlarida aliment undirish bo‘yicha 22 mingga yaqin ijro harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda bugun 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan aliment va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undiruvi bilan bog‘liq 25 794 ta ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Oilalar yarashgani, farzandlarning voyaga yetgani va boshqa sabablar bilan 3 877 ta ijro hujjatlari tamomlangan (yoki tugatilgan). 1 oktyabr holatiga ko‘ra 21 917 ta ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.

Ta'kidlanishicha, MIB viloyat boshqarmasi va quyi organlari tomonidan aliment va moddiy ta'minotga oid bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha aliment oluvchilarning ro‘yxatlari shakllantirilib, bank plastik kartalarini rasmiylashtirish uchun arizalar taqdim etilgan.

Aliment pullari alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartalariga o‘tkaziladi. Bu orqali davlat ijrochilari tomonidan aliment majburiyatlari qay darajada bajarilayotganini mobil ilova orqali monitoring qilib borish imkoniyati yaratiladi.

Top