20:50 / 30.10.2021
6294

Ilon Mask o‘z universitetini ochmoqchiligini ma'lum qildi

Tadbirkor Texasda texnologiyalar va fanlar instituti ochishni o‘ylamoqda.

Foto: AP

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask AQShda o‘z universitetini tashkil qilmoqchiligini bildirdi.

“Yangi universitet ochishni o‘ylayapman: Texas texnologiyalar va fanlar instituti”, — deb yozdi Mask Twitter akkauntida.

Twitter foydalanuvchilaridan birining unda buni amalga oshirish uchun mablag‘ borligi haqidagi savoliga Mask “albatta” deb javob berdi.

Avvalroq Maskning boyligi miqdori to‘rt kun ichida 50 mlrd dollarga ko‘payib, 302 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top