15:17 / 01.11.2021
6645

«Tottenhem» Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqardi

«Tottenhem» klubi portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu iste'foga chiqarilganini rasman e'lon qildi.

Foto: Getty Images

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 47 yoshli mutaxassis bilan birga murabbiylar shtabi bilan ham amaldagi kelishuv bekor qilingan. 

Nunu va uning murabbiylar shtabi «Vulverhempton»dagi faoliyatidan keyin 2021 yilning iyun oyidan «Tottenhem»da ish boshlagandi. 

Klub so‘nggi turda o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ga 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarish qarori qabul qilingan.

«Shporlar» APL 10-turidan keyin 15 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Klub so‘nggi 4 o‘yinida 3ta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. APLda esa so‘nggi 7 o‘yindan 5tasida yutqazdi.

Avvalroq, Nununing o‘rnini egallashga da'vogar murabbiylar qatorida uning hamyurtlari Serjiu Konseysau («Portu») va Paulu Fonseka hamda «Inter» sobiq ustozi Antonio Konte nomlari keltirilgan edi.

Mavzuga oid
Top