Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida nimchorakfinal bahslari yakunlandi.
-63,5 kg vaznda o‘zbekistonlik Mujibillo Tursunov Xitoy Taypeyi vakili Chu-Yen Laiga qarshi jangda iroda ko‘rsatdi. 1-raundni boy bergan vakilimiz qolgan raundlarda ustunlikka erishib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Tursunov chorakfinalda ikki karra jahon chempioni, kubalik Endi Krus Gomes bilan to‘qnash keladi.
-80 kg vaznda Odiljon Aslonov esa amerikalik Robbi Gonsalesga qarshi ringga chiqib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa chorakfinalgacha 7 bokschimiz musobaqani tark etdi, 6 nafari esa g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.