14:57 / 02.11.2021
1917

Namanganda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Uychi tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.R. Chortoq tumanidagi fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonining 8 gektarini fuqaro B.ga 17 000 dollar evaziga tanishlari orqali olib berishni va'da qilib, 5 000 dollar va 53,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top