17:08 / 02.11.2021
8309

Osiyo chempionati-U23 saralashi. O‘zbekiston Kuvaytga 5ta gol urdi

Osiyo chempionati-U23 uchun yo‘llanmalarning barcha egalari ma'lum bo‘ldi.

2022 yilda O‘zbekiston mezbonligida o‘tuvchi U23 Osiyo chempionati saralashining D guruhi bahslari Toshkentda o‘tkazildi.

3-tur doirasida Kuvayt yoshlariga qarshi maydonga tushgan Temur Kapadze shogirdlari 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Saralash bosqichida konkursdan tashqari ishtirok etgan U23 O‘zbekiston milliy jamoasi 7 ochko bilan D guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Birinchi turda Saudiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etilgan, ikkinchi turda Bangladesh darvozasiga javobsiz 6ta gol urilgandi - 6:0

Oldingi 2 turda Bangladesh va Saudiya Arabistoni jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan kuvaytliklar muddatidan avval Osiyo chempionatiga yo‘llanma masalasini hal qilgan edi.

Saudiya Arabistoni 3-turda Bangladeshni 3:0 hisobida yengdi va 4 ochko to‘plagan holda eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalaridan biri sifatida yo‘llanmaga ega chiqdi (Chempionat 2022 yilning 1-19 iyun sanalarida O‘zbekiston mezbonligida o‘tadi va turnir mezbon avtomatik ravishda ishtirokchiga aylangan)

O‘zbekistondan tashqari quyidagi jamoalar yo‘llanmaga ega chiqqan: Yaponiya, Avstraliya, Kuvayt, BAA, Malayziya, Tailand, Janubiy Koreya, Eron, Qatar, Iroq, Turkmaniston, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Vetnam va Tojikiston.

U23 Osiyo chempionati saralashi.
2 noyabr
Kuvayt - O‘zbekiston
1:5
Gollar: Abdulaziz Mahran (65) - Rahimqulov (37), Erkinov (45+2), Jaloliddinov (51) Hoshimov (68 pen.), Hojimat Erkinov (90+3)

Kuvayt: Abdurahmon Marzuq, Josim Al Ahmadi, Rashid Al Davsari, Abdulaziz Mahran, Yusuf Alhaqan, Otman Alshemeri, Nosir Jaza, Husayn Muhsin, Salmon Albus, Favvaz Alimbailesh, Eid Al Rashidi

O‘zbekiston: Hamidullo Abdunabiyev, Saidazamat Mirsaidov, Abubakrrizo Turdialiyev, Muhammadqodir Hamraliyev, Eldorbek Begimov, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Xolmatov, Diyorbek Rahimqulov, Hojimat Erkinov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Alisher Odilov.

Top