17:21 / 03.11.2021
11638

Afg‘onistonda bir kunda ikki portlash ro‘y berdi

Portlash oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohat olgan.

Foto: AP

Afg‘onistonning Qunduz viloyatida portlash yuz berdi. Bu haqda guvohlarga tayanib Sputnik xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, kamida yetti kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohat olgan.

Avvalroq Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida kuchli portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shabarxon-Og‘a masjidi yaqinida “Tolibon” harakati a'zolariga tegishli avtomobil portlatilgan.

Portlashdan so‘ng toliblar va “IShID-Xuroson” guruhi a'zolari deb taxmin qilingan qurolli shaxslar o‘rtasida otishma yuz bergani aytilgan.

Top