16:01 / 03.11.2021
5687

Germaniyalik psixologlar “Kalmar o‘yini” seriali bolalar uchun zararli ekani haqida ogohlantirdi

Germaniya OAVning xabariga ko‘ra, mamlakatdagi bog‘cha va maktablarda serialdagi xavfli o‘yinlarni takrorlash holatlari qayd etilgan.

Foto: Netflix

Germaniyalik psixologlar “Kalmar o‘yini” serialini tomosha qilish kichik yoshdagi bolalarda ruhiy jarohatlar hosil qilishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar berdi DPA agentligi.

“Teleshou ayniqsa 10 yoshdan kichik bolalar ruhiyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin”, – dedi Bavariya teleradiokompaniyasining OAV bo‘yicha eksperti Mayya Gyots.

Mutaxassislarning fikricha, “Kalmar o‘yini”dagi ko‘plab zo‘ravonlik sahnalari bolalarda ruhiy zo‘riqish paydo bo‘lishiga olib keladi.

“Bolalar serialdagi zo‘ravonlik sahnalaridan jamiyatga nisbatan tanqid bildirish usuli sifatida foydalanilganini tushunmaydi”, – dedi Gyote universitetining bolalar va o‘smirlar psixoterapiyasi bo‘limi boshlig‘i Mayne Katayun Lindenberg.

Uning qo‘shimcha qilishicha, serial bolalarda tajovuzkorlik kuchayishiga olib kelishi mumkin. Germaniya OAVning xabariga ko‘ra, mamlakatdagi bog‘cha va maktablarda serialdagi xavfli o‘yinlarni takrorlash holatlari qayd etilgan.

Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali omon qolish haqida bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi.

Top