11:29 / 03.11.2021
21675

Pensiya haqida ma'lumot olish mumkin bo‘lgan Telegram-bot ishga tushirildi

Foto: Kun.uz

Moliya vazirligi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchi shaxslarga davlat pensiya ta'minoti sohasida axborot beruvchi maxsus “Pensiya” boti (@pensiyauzbot) ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:

  • pensiya tayinlangani haqida ma'lumotlar;
  • pensiya to‘lovi bo‘yicha ma'lumot;
  • pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar:

Shuningdek, maxsus telegram bot orqali Pensiya jamg‘armasiga murojaat yo‘llash imkoniyati ham yaratilgan. Bundan tashqari, kelgusida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobi haqida ma'lumotlarini olish rejalashtirilgan.

Botdan faqatgina Pensiya jamg‘armasi ro‘yxatida mavjud hamda “SMS-Pensiya” interaktiv xizmatiga ulangan fuqarolar to‘liq foydalanishi mumkin.

“SMS-Pensiya” interaktiv xizmatiga ulanish tartibi borasida ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Avvalroq, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida pensiya va nafaqa oluvchilar soni 157,8 ming nafar (4,1 foiz)ga oshgani ma'lum qilingandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz ko‘proq degani.

Mavzuga oid
Top