20:30 / 07.11.2021
11358

Andrey Shevchenko - «Jyenoa» bosh murabbiyi

«Milan» klubi afsonaviy futbolchisi Andrey Shevchenko Italiya A Seriyasiga qaytdi. Ukrainalik sobiq futbolchi «Jyenoa» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Foto: Getty Images

Genuya klubi matbuot xizmati tvitterdagi sahifasida Andrey Shevchenko klubda ish boshlaganiga shama qilib, Ukraina bayrog‘ini qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay, Shevchenkoning o‘zi ushbu tvitni retvit qildi.

Avvalroq, Shevchenko Genuya klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. Andrey «Jyenoa»da yillik 2 million yevro maosh olishi kutilmoqda. Bungacha iste'foga chiqarilgan Davide Ballardiniga yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Mauro Tassotti Shevchenko murabbiylar shtabida ham qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko Yevro-2020dan so‘ng Ukraina milliy jamoasi bosh murabbiyligini tark etgandi. 

Ma'lumot uchun, «Jyenoa» A Seriya 12-turidan keyin 9 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Shevchenko jamoadagi debyutini «Roma»ga qarshi bahsda o‘tkazadi.

Top