17:00 / 09.11.2021
10009
Reklama

Samarqandda Samsung brendshopi tantanali shou bilan ochildi

Samarqand shahridagi «Family Park»da 7 noyabr kuni Samsung kompaniyasining firma do‘koni - brendshopning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Foto: Samsung

Rasmiy ochilish marosidan oldin yig‘ilgan mehmon, tomoshabin va xaridorlar o‘rtasida turli qiziqarli musobaqalar tashkillashtirildi. Eng avvalo xohlovchilar tekin omadli lotereyada ishtirok etish blank to‘ldirishdi.

Foto: Samsung 

Shouni esa DJ Alex uch tilda mohirlik bilan boshqarib bordi.

Ota-onalari bilan tomoshaga kelgan bolajonlarga ayniqsa maza bo‘ldi. Ular avval uzoqqa sakrash bo‘yicha musobaqalashdilar. Keyin ular o‘rtasida she'r aytish musobaqasi o‘tkazildi. Ishtirokchilarning barchasiga Samsung kompaniyasi tomonidan Level U2 quloqliklari esdalik sifatida ulashildi.

Foto: Samsung 

Galaxy Watch soati uchun o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar boshlovchining Samsung gadjetlariga xos savollariga javob berishdi. Eng baland ovozda «Samsung — jahonning eng yaxshi brendi», deb baqira olganlar ham sovg‘asiz qolmadi — unga Smart Tag topshirildi.

Foto: Samsung 

Samsung gadjetlari ixlosmandlari o‘rtasida qo‘shiq kuylash va raqsga tushish musobaqalari ham juda katta olqishlar bilan kutib olindi. Ta'kidlash joyizki, musobaqalarda g‘oliblarning barchasi tomoshabinlarning olqishlari yordamida aniqlab borildi. Ularga Buds Live, Power Bank, Galaxy Buds, Galaxy Tab A8, Active Watch kabi sovg‘alar topshirildi.

Lotereyada ishtirok etish uchun blank to‘ldirgan tashrifchilar nomi ham qur'a tashlash yo‘li bilan aniqlandi. Ularga ham sovg‘alar topshirildi.

Nihoyat, yig‘ilgan tomoshabinlarni bir soniya ham zeriktirmagan shou muvaffaqiyatli yakunlangach, mehmonlar Samsung brendshopning rasmiy ochilish marosimiga taklif etildi. Tantanali musiqalar ostida qizil tasma kesildi.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli turli mahsulotlar joylashtirilgan do‘konni xaridorlar aylanishdi. Shu kuni dastlabki xaridlar ham amalga oshirildi.

Yangi brendshop haqida ikki og‘iz. U yerda Samsung’ning so‘nggi modelidagi smartfonlar, planshetlar, quloqliklar va soatlarini topsa bo‘ladi. Samsung firma do‘konida mahsulotlarni muddatli bo‘lib to‘lash, shuningdek, chegirmalar bo‘yicha aksiyalar orqali xarid qilish mumkin.

Foto: Samsung

Keng assortimentda Galaxy A, S, Z model qatorlaridagi smartfonlar, Buds Live, Pro, Buds2 quloqliklari, Watch3, Watch4 soatlari va boshqa aksessuarlar taqdim etilgan. Ularni naqd pulga, shuningdek, naqdsiz xarid qilish mumkin.

Do‘konda namoyish zonasi ham bo‘lib, u yerda sempl-gadjetlar taqdim etilgan. Siz o‘zingizni qiziqtirgan modelni qo‘l bilan ushlab, ishlatib, tekishirib ko‘rishingiz mumkin. Smart-maslahatchilar esa ularning xarakteristikasi bo‘yicha barcha zarur axborotlarni berishadi va tanlashda ko‘mak ko‘rsatishadi.

Foto: Samsung 

Brendshopda shuningdek servis xizmati ham ko‘rsatiladi. Bu xizmatlar xalqaro standartlar talabiga to‘liq mos keladi.

Bir so‘z bilan aytganda, endi barcha samarqandliklar Family Park’dagi Samsung brend do‘konidan kafolatli, sifatli mahsulotlarni o‘z vaqtida, arzon narxlarda xarid qilish, servis xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Manzil: Samarkand shahri, Narpay ko‘chasi, 76, Family Park SKM, 1 qavat.

Sayt: samsung.com

Instagram: @samsunguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top